logo-grreen
18 Noyabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i qabul qilingan kun!

18 Noyabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’i qabul qilingan kun!

O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan har bir yurt bayrog‘ining Birlashgan millatlar tashkiloti bosh qarorgohi maydonida muzaffar hilpirashini istaydi. Chunki bu dunyoda o‘z o‘rni, o‘z ovoziga ega ekanining tasdig‘i, mustaqilligining tan olingani ifodasidir.

Bundan roppa-rosa 32 yil muqaddam O‘zbekiston deb deb atalmish osoyishta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib ishlangan davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Shundan bunyo bu muqaddas tug‘ eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qo‘llarda baland ko‘tarilmoqda, shavqu zavq bilan ko‘zlarga surtilib, lablarga bosilmoqda.

Bugun bu bayroq faqatgina O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, u shu yurtda tug‘ilib, shu zaminning mehridan qonib yashayotgan barcha el-elatlarning tinchlik va ahillik timsoliga, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylangan. Dunyoning qaysi burchida bo‘lmang, bu bayroq ona yurt nafasini dimoqqa uradi, qadrdon Vatanni yodga soladi.

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” xodimlari barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan qizg‘in muborakbod etadi. Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrog‘imiz baland-balandlarda O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt shaʼni, shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.