“Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” bo’lib o’tdi
Xalqaro Yer kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o‘z ishini boshladi.
Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar va sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, ushbu xalqaro ilmiy anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, jumladan, vazir o‘rinbosari Yuldashev Qahramon Anvardjanovich hamda “Agrosanoat raqamlashtirish markazi” MChJ direktori Maxmudov Utkir Baxtiyarovich ishtirok etmoqdalar.