O‘zbekiston mezbonligida o‘tgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi joriy yilda Singapur, Xitoy, Malayziya va Misr kabi 40dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi .

Unda 50 nafardan ziyod yoshlarimiz O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Natijalar bugun, 27-may kuni, soat 14:00 da onlayn tarzda namoyish etiluvchi yopilish marosimida e’lon qilinadi va g‘oliblar medallar bilan taqdirlanadi.

🔗Quyidagi havola orqali tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=TKKnuouGng8

O‘zbekistonlik ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yutuqlarini nishonlash uchun marosimni o‘tkazib yubormang.

Manba: Digital.uz