Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni hamda “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuridik shaxs bo‘lmagan Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilgani;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari bilan bog‘liq qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklanishi munosabati bilan jami 23 ta shtat birligi, shundan markaziy apparatga 10 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariga 1 tadan — 13 ta shtat birligi ajratilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
  3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan soddalashtirilgan tartibda foydalanish va tezkor qarorlar qabul qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishgan holda, ushbu qarorda belgilangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlarini o‘zgartirishga va yangi turlarini joriy etishga ruxsat beriladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Onlayn mahalla” elektron platformasi va “Agrosubsidiya” axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
  5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2025-yil 13-may,

317-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
  2. Jamg‘arma yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi.
  3. Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi.

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish

  1. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

O‘zbekiston fermerlar kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan o‘tkazib beriladigan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan transfertlar;

Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish

  1. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy mehnat organlari) Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
  2. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
  3. a) har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;
  4. b) usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  5. v) muayyan mahalladagi 50 foiz xonadon tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratish;
  6. g) suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalarini sug‘orish uchun tik (vertikal) quduqlarni burg‘ilash, ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish va irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya ajratish. Bunda:

aholi tomorqasini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

kamida 30 ta xonadon tomorqasini sug‘orish maqsadida katta tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlarini sug‘orish maqsadida katta tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlariga 500 metrgacha bo‘lgan masofadagi mavjud suv ta’minotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda suv chiqarish vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

  1. d) dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
  2. e) mahallalarda har yili 500 tagacha namunali xonadon tomorqasini tashkil etish uchun xonadon egasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  3. j) dehqon xo‘jaliklari yerlarida yiliga 84 tagacha namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  4. z) yiliga 1 300 tagacha kambag‘al oila xonadonining ko‘cha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorda subsidiya ajratish;
  5. i) dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5 foiz bank marjasi) kredit ajratish;
  6. k) aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga berish;
  7. l) dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati bo‘yicha Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining xorijiy xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash;
  8. m) tijorat banklariga joylashtirilgan resurs va depozitdan tushgan daromadlarning 30 foizi miqdorida Vazirlikning markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
  9. n) dehqon xo‘jaliklariga investitsiyalarni jalb qilish va tomorqa yerlarini rivojlantirish maqsadida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsiya va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni moliyalashtirish;
  10. o) xalqaro va milliy konferensiyalar, forumlar, maslahatlashuvlar, seminarlar, treninglar davra suhbatlari o‘tkazish, maqolalar, risolalar, qo‘llanmalar va boshqa axborot materiallari tayyorlash, shu jumladan, videoroliklar va filmlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatiga taalluqli boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish;
  11. p) Vazirlik huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ va hududiy mehnat organlari orqali quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish:

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar uchun xorijiy va milliy ekspertlarni (agronom, veterinar va boshqa mutaxassislar) jalb qilish;

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot, shu jumladan, axborot-ma’lumot va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;

aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga berish;

  1. r) Vazirlik huzuridagi “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ orqali qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalariga oid loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, amaliyot va ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab chiqish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishni shartnomaga asosan moliyalashtirish.
  2. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun:

Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan o‘tkaziladigan mablag‘larning jamlanishini;

Jamg‘armaning moliyaviy holati muntazam tahlil qilinishi va prognozlashtirilishini, shuningdek, uning moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilishini;

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlarini o‘zgartirish va yangi turlarini joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilishini;

kelgusi davrga mo‘ljallangan budjet so‘rovi tayyorlanishini, shuningdek, daromad manbalari, mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha prognoz loyihasi ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatda taqdim etilishini ta’minlaydi.

  1. Jamg‘armaning Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllanadigan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda Vazirlik tomonidan hududlardagi Jamg‘armaning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hududiy mehnat organlarining talabnomalari asosida moliyalashtirib boriladi.

Jamg‘armaning hududlardagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari keyinchalik taqsimlash uchun respublika darajasiga yo‘naltirilishi mumkin.

  1. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan tasdiqlangan Jamg‘arma budjetining asosiy parametrlarini olganidan keyin Jamg‘armaning tushumlar manbalari, mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va tasdiqlangan smeta doirasida xarajatlarni amalga oshiradi.

4-bob. Jamg‘armaning ijro etuvchi organi

  1. Vazirlikning Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini muvofiqlashtirish bo‘limi Jamg‘armaning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
  2. Ijro etuvchi organ:

Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha prognozni va hisobot balanslarini shakllantiradi;

Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisob va hisobot yuritilishini ta’minlaydi, Jamg‘arma mablag‘lari taqsimlovchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi;

Jamg‘arma moliyaviy hisobotining ishonchliligini ta’minlaydi;

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish auditini tashkil etadi;

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari bo‘yicha izohlar beradi.

5-bob. Jamg‘arma tushumlari va mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish hamda javobgarlik

  1. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Vazirlik va hududiy mehnat organlari Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.

6-bob. Yakunlovchi qoida

  1. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 317-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing (keyingi o‘rinlarda — moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari) ajratish tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

dehqon xo‘jaliklari — dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan xo‘jalik;

Loyiha markazi — O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambag‘allik va bandlik sohasida loyihalarni boshqarish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;

mahalla yettiligi” — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan, mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat bo‘lgan guruh;

mehnat organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy mehnat organlari), tumanlarning (shaharlarning) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — mahalliy mehnat organlari);

tomorqa yer egalari — shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar;

usta dehqon — tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va dehqonchilik sohasida yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan shaxs.

  1. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), hududiy va mahalliy mehnat organlari xodimlari hamda “mahalla yettiligi” ishtirokida ajratiladi.

2-bob. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari

  1. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari hisoblanadi:
  2. a) har yili 500 ta mahalladagi bittadan xonadon tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;
  3. b) usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida har bir kurs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  4. v) muayyan mahalladagi 50 foiz xonadon tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratish;
  5. g) suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer maydonlarini sug‘orish uchun tik (vertikal) quduqlarni burg‘ilash, ishga tushirish, suv chiqarish vositalarini sotib olish va irrigatsiya tarmoqlarini tortish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya ajratish. Bunda:

aholi tomorqasini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

kamida 30 ta xonadon tomorqasini sug‘orish maqsadida katta tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

ijaraga berilgan, yonma-yon joylashgan hamda har birining yer uchastkasi 15 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlarini sug‘orish maqsadida katta tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;

kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlariga 500 metrgacha bo‘lgan masofadagi mavjud suv ta’minotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda suv chiqarish vositalarini sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish.

Bunda subsidiya ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartib asosida ajratiladi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom bo‘yicha 2025-yil 1-iyulga qadar tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan obyektlar uchun subsidiya ajratish saqlanib qolinadi;

  1. d) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomgamuvofiq tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 million so‘mdan oshmagan qismi uchun subsidiya ajratish;
  2. e) mahallalarda har yili 500 tagacha namunali xonadon tomorqasini tashkil etish uchun xonadon egasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  3. j) dehqon xo‘jaliklari yerlarida yiliga 84 tagacha namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
  4. z) yiliga 1 300 tagacha kambag‘al oila xonadonining ko‘cha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorda subsidiya ajratish;
  5. i) dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punkt yuqori stavkada (shundan, 5 foiz bank marjasi) kredit ajratish;
  6. k) aholi tomorqalari va ijara yer uchastkalarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga berish.

3-bob. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlarini ajratish tartibi

1-§. Aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari uchun grantlar ajratish tartibi

  1. “Mahalla yettiligi” tomonidan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyihalari xatlovdan o‘tkazilib, eng namunali va innovatsiya loyihalari mahalliy mehnat organi orqali hududiy mehnat organiga yuboriladi.
  2. Hududiy mehnat organi eng namunali va innovatsiya loyihalarini jamlagan holda Vazirlikka tanlab berish uchun taqdim qiladi.
  3. Vazirlik o‘n ish kunida takliflarni o‘rganib chiqib, grant ajratiladigan eng namunali va innovatsiya loyihasini tanlaydi, ularning hududiy va mahalliy mehnat organlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazilishini ta’minlaydi. Bunda eng namunali va innovatsiya loyihasi yil davomida ko‘pi bilan ikki marta tanlanadi.
  4. Hokim yordamchisi ikki ish kunida tanlangan eng namunali va innovatsiya loyiha bo‘yicha grant ajratiladigan tomorqa egasi yoki uning oila a’zosining murojaatini va unga tegishli bank kartasi haqidagi ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.

Bunda “Onlayn mahalla” elektron platformasida grant ajratiladigan loyihalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar shakllantiriladi va 5 yil muddatda saqlanadi.

  1. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali tushgan murojaatlar va ularga ajratilishi belgilangan grant miqdorlari hamda bank kartalari ro‘yxatini shakllantirgan holda umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga yuboradi.
  2. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida mablag‘larni hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  3. Hududiy mehnat organi bir ish kunida grant mablag‘larini “Onlayn mahalla” elektron platformasi ro‘yxatidagi murojaatchilarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.
  4. Ushbu grantdan foydalanish huquqi har bir oilaga faqat bir marta beriladi. Bunda:

“Onlayn mahalla” elektron platformasida grantlardan foydalangan har bir oilaning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy hisobga olib boriladi;

oila a’zolaridan biri avval boshqa oilalar tarkibida grantlardan foydalangani aniqlanganda, ularga grantlar ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

2-§. Usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. “Mahalla yettiligi” yuqori daromad olayotgan usta dehqon bilan birgalikda mahallada dehqonchilik va tomorqa yo‘nalishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlardan kelib chiqib, mahalliy mehnat organlari bilan kelishilgan holda o‘quv kurslarini tashkil etish uchun tinglovchilar soni, o‘quv kurslarini o‘tkazish vaqti va manzillari ko‘rsatilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejasini tasdiqlaydi.

Bunda har bir kursda kamida 15 nafar tinglovchilar (bir xonadondan faqat 1 nafar fuqaro ishtirok etadi) jamlanishi shart va kurs uchun usta dehqonlarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida subsidiya ajratilishi inobatga olinadi.

  1. Hokim yordamchisi o‘quv kurslarini tashkil etish rejasi tasdiqlangandan so‘ng ikki ish kunida subsidiya ajratiladigan usta dehqonning murojaati va unga tegishli bo‘lgan bank kartasi bo‘yicha ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
  2. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasida kelib tushgan arizalar, belgilangan subsidiya miqdorlari, bank kartalarining banklar kesimida ro‘yxatini shakllantirgan holda umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga yuboradi.
  3. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  4. Tasdiqlangan reja asosida o‘quv kursi o‘tkazilgani to‘g‘risida dalolatnoma “mahalla yettiligi”, usta dehqon va qatnashgan tinglovchilar tomonidan imzolanib (o‘qish jarayoni suratlari bilan birga), “Onlayn mahalla” elektron platformasiga avval kiritilgan murojaatning davomi sifatida hokim yordamchisi tomonidan yuklanadi.
  5. Hududiy mehnat organi o‘quv kursi yakunlari bo‘yicha “Onlayn mahalla” elektron platformasiga yuklangan ma’lumotlar asosida bir ish kunida subsidiyani usta dehqonning bank kartasiga o‘tkazib beradi.
  6. Subsidiya ajratilishi jarayonida tinglovchilar o‘quv kursida faqat bir marta ishtirok etishlari mumkin.

3-§. Muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi “mahalla yettiligi” tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni o‘rganib chiqadi.
  2. Hududiy mehnat organi mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yadigan usta dehqonlar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka taqdim qiladi.
  3. Vazirlik o‘n ish kunida takliflarni o‘rganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yadigan usta dehqonlarni tanlaydi hamda bu bo‘yicha ma’lumotni hududiy va mahalliy mehnat organlari orqali “mahalla yettiligi”ga yetkazadi.
  4. Hokim yordamchisi ikki ish kunida tanlangan loyihalar bo‘yicha usta dehqonning murojaatini va unga tegishli bo‘lgan bank kartasi bo‘yicha ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.
  5. Mahalladagi xonadonlarning 50 foizi ma’lum bir turdagi eksportbop mahsulot yetishtirishga ixtisoslashgandan so‘ng eksportbop mahsulotlar yetishtirilayotgani to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri hamda viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari boshchiligidagi ishchi guruh “mahalla yettiligi” bilan bayonnomani tasdiqlab, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritish uchun hududiy mehnat organiga taqdim etadi.
  6. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasida bayonnomalarni dastlabki kiritilgan arizalar bilan solishtirgan holda, bank kartalarining banklar kesimida ro‘yxatini shakllantiradi va umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga yuboradi.
  7. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  8. Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani “Onlayn mahalla” elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.
  9. Ushbu subsidiyadan foydalanish huquqi bir mahalla uchun faqat bir marta beriladi.

4-§. Aholi tomorqasini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi mahalliy tuman hokimligi bilan birgalikda aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash va ishga tushirish bo‘yicha ro‘yxatni shakllantiradi.
  2. Ro‘yxatda subsidiya ajratilgan fuqarolar, bajariladigan ishlar va ishni bajaruvchi talabgor ma’lumotlari ko‘rsatiladi hamda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Vazirlik uch ish kunida hududiy mehnat organi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan ro‘yxatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
  4. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan ma’qullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.

Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

  1. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga so‘rovnoma yuboradi.
  2. Jamg‘arma uch ish kunida so‘rovnomaga asosan belgilangan subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  3. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

5-§. Kamida 30 ta xonadon tomorqasini sug‘orishga mo‘ljallangan tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi tuman hokimliklari bilan birgalikda kamida 30 ta xonadon tomorqasini sug‘orishga mo‘ljallangan katta tik (vertikal) sug‘orish qudug‘ini burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bo‘yicha ro‘yxatni shakllantiradi.
  2. Ro‘yxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar ro‘yxati hamda ishni bajaruvchi talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va tuman hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan ro‘yxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
  4. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan ma’qullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.

Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

  1. Talabgorlar tik (vertikal) sug‘orish quduqlari ishga tushirilgandan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya olish uchun amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini (gidrogeologiya xulosasi, korxona va talabgor o‘rtasida tuzilgan shartnoma, hisob-faktura, nazorat-o‘lchov xulosasi, suv bilan ta’minlanadigan kamida 30 ta tomorqa yer egalarining mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati, talabgorning bank rekvizitlari, pudrat tashkiloti tomonidan olinadigan yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va gidrogeologiya stansiyalarida ro‘yxatga qo‘yilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun iste’molchi tomonidan olinadigan yerosti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burg‘ilovchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib borishni va uni tuzatish shartnomasi hamda “mahalla yettiligi” va talabgor o‘rtasida tuzilgan talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish bo‘yicha kelishuv shartnomasi), amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar) tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga topshiradi.
  2. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga so‘rovnoma yuboradi.
  3. Jamg‘arma uch ish kunida so‘rovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  4. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
  5. Qazilgan tik (vertikal) sug‘orish quduqlari hujjatlarining (loyiha-smeta) to‘g‘riligi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga yuklanadi.

6-§. Ijaraga berilgan 15 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlarini sug‘orishga tik (vertikal) quduq burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi tuman hokimliklari bilan birgalikda 30 yilga ijaraga berilgan va unga yonma-yon joylashgan, har birining maydoni 15 sotixdan 2 gektargacha bo‘lgan kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun tik (vertikal) quduq burg‘ilash, suv chiqarish vositalarini sotib olish va ishga tushirish bo‘yicha ro‘yxatni shakllantiradi.
  2. Ro‘yxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar ro‘yxati hamda ishni bajaruvchi talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va tuman hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan ro‘yxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
  4. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan ma’qullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.

Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

  1. Talabgorlar tik (vertikal) sug‘orish quduqlari ishga tushirilgandan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga subsidiya olish uchun amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini (gidrogeologiya xulosasi, korxona va talabgor o‘rtasida tuzilgan shartnoma, hisob-faktura, nazorat-o‘lchov xulosasi, suv bilan ta’minlanadigan kamida 30 ta tomorqa yer egalarining mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati, talabgorning bank rekvizitlari, pudrat tashkiloti tomonidan olinadigan yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va gidrogeologiya stansiyalarida ro‘yxatga qo‘yilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun iste’molchi tomonidan olinadigan yerosti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burg‘ilovchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib borishni va uni tuzatish shartnomasi hamda “mahalla yettiligi” va talabgor o‘rtasida tuzilgan talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish bo‘yicha kelishuv shartnomasi), amalga oshirilgan qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (hisob-faktura va boshqalar) tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga topshiradi.
  2. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritib, subsidiya ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga so‘rovnoma yuboradi.
  3. Jamg‘arma uch ish kunida so‘rovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  4. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
  5. Qazilgan tik (vertikal) sug‘orish quduqlari hujjatlarining (loyiha-smeta) to‘g‘riligi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasiga yuklanadi.

7-§. Aholi tomorqalarini va dehqon xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish uchun mavjud suv ta’minotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi mahalliy tuman hokimligi bilan birgalikda kamida 30 ta xonadon tomorqasiga yoki kamida 10 ta dehqon xo‘jaligi yerlariga 500 metrgacha bo‘lgan masofadagi mavjud suv ta’minotidan irrigatsiya tarmoqlarini tortish, zarur hollarda sotib olinadigan suv chiqarish vositalari ro‘yxatini shakllantiradi.
  2. Ro‘yxatda subsidiya ajratiladigan fuqarolar, bajariladigan ishlar va sotib olinadigan vositalar ro‘yxati hamda ishni bajaruvchi talabgor to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va tuman hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Hududiy mehnat organi tomonidan uch ish kunida buyurtmanoma va unga tasdiqlangan ro‘yxat ilova qilingan holda belgilangan tartibda Vazirlikka ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
  4. Hududiy mehnat organi Vazirlik tomonidan ma’qullangan buyurtmanomalarni uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi.

Bunda talabgorlar tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

  1. Hududiy mehnat organi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan rasmiylashtirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga yuklaydi va subsidiya ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga so‘rovnoma yuboradi.
  2. Jamg‘arma uch ish kunida so‘rovnomaga asosan subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  3. Hududiy mehnat organi uch ish kunida subsidiyani talabgorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

8-§. Mahalla xonadonlarida namunali aholi tomorqasini tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda mahallalarda, ayniqsa, og‘ir mahallalarda bitta xonadon tomorqasini namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish bo‘yicha o‘rganadi va takliflarni tayyorlaydi.
  2. “Mahalla yettiligi” namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish bo‘yicha bajariladigan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda tomorqani namuna sifatida aholiga ko‘rsatish uchun xonadon egasining rozilik xatini hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
  3. Hududiy mehnat organi uch ish kunida ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Vazirlikka kiritadi.
  4. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi besh ish kunida takliflarni o‘rganib chiqadi va namunali aholi tomorqasini tanlab, sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga taqdim qiladi.
  5. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  6. Hududiy mehnat organi uch ish kunida tomorqasini namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish uchun xonadon egasining bank kartasiga talab etiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan o‘tkazib beradi.

Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, xonadon egasi va ishni bajaruvchi tomonidan namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish bo‘yicha bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan xonadon egasining bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

  1. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi tomorqa yer egalariga faqat bir marta beriladi.

9-§. Dehqon xo‘jaligining yerlarida namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. Hududiy mehnat organi “mahalla yettiligi” bilan birgalikda dehqon xo‘jaliklarining 50 sotixgacha bo‘lgan yer uchastkalarini namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkasiga aylantirish bo‘yicha o‘rganadi va takliflarni tayyorlaydi.
  2. “Mahalla yettiligi” dehqon xo‘jaligining yer uchastkalarida namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha bajariladigan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda dehqon xo‘jaligi yer uchastkasini namuna sifatida aholiga ko‘rsatish uchun yer egasidan olingan rozilik xatini hududiy mehnat organiga taqdim qiladi.
  3. Hududiy mehnat organi uch ish kunida umumlashtirilgan ma’lumotlarni Vazirlikka kiritadi.
  4. Vazirlikning Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi besh ish kunida takliflarni o‘rganib chiqadi va namunaviy o‘quv-tajriba yer uchastkalarini tanlab, sarflanadigan mablag‘lar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga taqdim qiladi.
  5. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida subsidiyani hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  6. Hududiy mehnat organi uch ish kunida tomorqasini namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish uchun xonadon egasining bank kartasiga talab etiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan o‘tkazib beradi.

Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, xonadon egasi va ishni bajaruvchi tomonidan namunaviy o‘quv-tajriba tomorqasiga aylantirish bo‘yicha bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan xonadon egasining bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

  1. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi dehqon xo‘jaliklariga faqat bir marta beriladi.

10-§. Kambag‘al oila xonadoni ko‘cha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish uchun subsidiya ajratish tartibi

  1. “Mahalla yettiligi” mahalladagi ko‘cha va ichki tomorqasida avvaldan uzumchilik (tok so‘risi o‘rnatilmagan) yo‘lga qo‘yilmagan kambag‘al oila xonadonlari bo‘yicha uzumchilikni (tok so‘risi) tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi va talabgor oilalar ro‘yxatini shakllantirib, mahalliy mehnat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Bunda har bir kambag‘al oila xonadoni ko‘cha va ichki tomorqasida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

  1. Hokim yordamchisi uch ish kunida subsidiya ajratiladigan kambag‘al oila a’zosining tegishli murojaatini “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritadi va o‘rganish uchun skoring tizimiga yuboradi. Bunda:

talabgor kambag‘al oilaning a’zosi ekanligi;

talabgor so‘ralayotgan subsidiya turidan muqaddam foydalanmagani o‘rganiladi.

  1. Skoring o‘rganish natijalari bo‘yicha ijobiy natija kelgan taqdirda, hokim yordamchisi subsidiya ajratiladigan murojaat egasining bank kartasi ma’lumotlarini va tasdiqlangan ro‘yxatni “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali hududiy mehnat organiga yuboradi.
  2. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ro‘yxatini (tuman (shahar) va mahallalar kesimida) shakllantiradi hamda umumlashtirilgan so‘rovnomani Jamg‘armaga yuboradi.
  3. Jamg‘arma so‘rovnomaga asosan uch ish kunida mablag‘larni hududiy mehnat organiga o‘tkazib beradi.
  4. Hududiy mehnat organi uch ish kunida ko‘cha va ichki tomorqalarida uzumchilik (tok so‘risi) tashkil etish uchun murojaat egasining bank kartasiga ajratiladigan subsidiyaning 30 foizini oldindan o‘tkazib beradi.

Qolgan 70 foiz subsidiya “mahalla yettiligi”, murojaat egasi va ishni bajaruvchi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan murojaat egasining bank kartasiga o‘tkazib beriladi.

  1. Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi har bir kambag‘al oilaga faqat bir marta beriladi.

11-§. Tijorat banklari orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun kredit ajratish tartibi

  1. Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga, “mahalla bankiri”ga yoki “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalariga kredit ajratish bo‘yicha murojaat qiladi.
  2. Hokim yordamchisi “mahalla yettiligi”ning qolgan a’zolari hamda “mahalla bankiri” bilan birgalikda kollegial qaror qabul qilgan holda mahallaga biriktirilgan tijorat bankiga tavsiya yuboradi.
  3. Tegishli tijorat banki hududlardan kelgan tavsiyalarni umumlashtirgan holda, resurs mablag‘larini ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga murojaat qiladi.
  4. Jamg‘arma tijorat bankining murojaati bo‘yicha Vazirlik va tijorat banki o‘rtasida tuzilgan bosh kelishuvga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan bir foiz past stavkada tegishli resurs mablag‘larini ajratadi.
  5. Tijorat banki kredit oluvchi bilan belgilangan tartibda kredit ajratish shartnomasini tuzgan holda, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratadi.

Bunda Jamg‘arma mablag‘laridan tijorat banki tomonidan ajratiladigan kredit bo‘yicha garov ta’minoti sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, resurs mablag‘lari va kredit bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaytiriladi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

  1. Mahallalardagi hokim yordamchilari “mahalla bankiri” bilan birgalikda loyihalar uchun ajratiladigan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritadi.

12-§. Aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga berish tartibi

  1. Tomorqa va ijara yer egalari ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalarni lizingga olish bo‘yicha hududiy mehnat organiga murojaat qiladi.
  2. Hududiy mehnat organi uch ish kunida “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali lizing ajratish bo‘yicha murojaatni Jamg‘armani xabardor qilgan holda, “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga yuboradi.
  3. “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ kelib tushgan murojaatda ko‘rsatilgan loyiha bo‘yicha joyiga chiqqan holda tegishli biznes-rejalarni ishlab chiqadi, yetkazib beruvchini aniqlaydi va loyiha egasi bilan uch taraflama lizing shartnomasini tuzadi hamda zarur mablag‘lar ajratish bo‘yicha Jamg‘armaga “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
  4. Jamg‘arma loyiha bo‘yicha zarur mablag‘larni “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan bir foiz past stavkada o‘tkazib beradi.
  5. “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ va loyiha egasi lizing shartnomasida ko‘rsatilgan loyihani ishga tushirib, tomorqa yoki ijara yer egasiga 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz yuqori stavkada lizingga topshiradi.
  6. Tomorqa yoki ijara yer egasi lizing shartnomasi asosida to‘lovlarni belgilangan muddatlarda “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga to‘lab boradi.
  7. “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ har oy yakuni bilan ajratiladigan barcha mablag‘lar bo‘yicha solishtirma dalolatnoma tuzilgan holda tegishli qarzdorliklarni Jamg‘armaga to‘lab boradi.

Bunda lizing bo‘yicha Jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar to‘liq qaytarilib, hisoblangan foiz to‘lovlari “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda qoladi.

  1. Hududiy mehnat organi lizingga berilgan loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring natijalarini har oy yakuni bilan “Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJga kiritib boradi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
  2. Manfaatdor shaxslar moliyaviy qullab-quvvatlash turlari ajratilishi asossiz rad etilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
  3. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.