Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
7-may – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ilg‘or mutaxassislar faxriy unvon va mukofotlar bilan taqdirlandi.
🏅 Ular orasida Tillabayev Bobur Tursunaliyevich ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun “Mohir aloqachi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
📌 Mazkur mukofot – sohaga sadoqat, professionallik va fidokorona mehnat evaziga beriladigan yuksak e’tirof bo‘lib, u Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan har yili 7-may — kasb bayrami arafasida topshiriladi.
👏 Bobur Tursunaliyevichni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi ish faoliyatlarida yanada katta yutuqlar tilaymiz!