Mehnat kodeksining 187-moddasiga koʻra, bayram arafasida ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ya’ni, ertaga — Qurbon hayitining birinchi kuni, yaʼni ishlanmaydigan rasmiy bayram kuni.

Demak, bugun arafa, va Mehnat kodeksiga muvofiq, ish kuni barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Har qanday tashkilot va korxonada ishlayotgan xodim bugun 1 soat vaqtliroq ishdan qaytishiga ruxsat berilishi yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinishi kerak.

Eslatma:

Bugun — Arafa kuni, yaʼni ish kuni qisqaradi.

6-iyun (juma) — Qurbon hayiti (dam olish kuni)

7-iyun (shanba) — 5 va 6 kunliklarga dam olish

8-iyun (yakshanba) — odatdagi dam olish

9-iyun (dushanba) — odatiy ish kuni