Qurbon Hayit ayyomi muborak bo‘lsin!

Ushbu ajoyib kun sizga xotirjamlik, quvonch va farovonlik olib kelsin. Sizga va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va barcha orzularingiz amalga oshishini tilab qolamiz.

Vatanimiz yanada taraqqiy etishini, pandemiya yillaridagi og‘ir sinovlar tezda butun dunyodan ko‘tarilib, farovon kunlar qaytishini so‘raymiz.

Barcha bemorlar shifo topib, qiyinchilikda qolganlarga Alloh yordam bersin, o‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

Eng samimiy niyatlar bilan, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ jamoasi