logo-grreen
«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

O‘zbekistonda xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9 May — Xotira va qadrlash kuni  nishonlanmoqda. Biz Vatan ozodligi yo‘lida og‘ir-sinovli kunlarda birdam va ahillikda g‘alaba uchun butun kuchini safarbar qilgan ko‘p millatli xalqimizning abadiy mardona xatti-harakatlarini ulug‘laymiz.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etilmoqda

Bugungi kunda, agrar sohada o‘nlab axborot va geoaxborot tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, tezkorligi va qulayligini ta’minlash bilan bir qatorda sohada aniq va ochiq statistik ma’lumotlarni shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini prognoz qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazida tajriba va bilim almashish

Qishloq xo’jaligi vazirligi raqamlashtirish markazida tajriba va bilim almashish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish markazida Qirg‘iziston Respublikasi va O֮‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 2023-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo aylanmasi hajmini oshirish va  agrosanoat majmui sohasida  qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Agrosanoatni raqamlashtirish doirasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi

Agrosanoatni raqamlashtirish doirasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi

2021-yil 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida agrosanoat majmuasi va OAV vakillari ishtirokida konferensiya-taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini jadal raqamlashtirish bo‘yicha dasturlar doirasida yaratilgan 10 ta axborot tizimlari va platformalari taqdim etildi. Anjumanni qishloq xo‘jaligi vazirining agrosanoat majmuini raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Qahramon Yuldashev hamda yerdan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maqsud Ruzmetov ochib berishdi.
Markaz xodimlari Ispaniya Qirolligining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi tizimini o‘rganmoqda

Markaz xodimlari Ispaniya Qirolligining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi tizimini o‘rganmoqda

Joriy yil 24-28-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining ASK (Agriculture Support and Knowledge) loyihasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat statistikasi sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida Ispaniya Qirolligining qator vazirlik va tashkilotlarida bo‘ldi.