logo-grreen
“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qaror imzolandi

“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qaror imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Prezidentning “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida ham muhim masalalar qamrab olingan.
Sun’iy intellekt qaysi film yoki serial sizga yoqishini oldindan qanday biladi?

Sun’iy intellekt qaysi film yoki serial sizga yoqishini oldindan qanday biladi?

Sun’iy intellekt (AI) muayyan vazifalarni bajarish uchun inson xatti-harakatlariga taqlid qila oladigan va olingan ma’lumotlar asosida asta-sekin o‘rgana oladigan tizimdir. Sun’iy intellekt haqida gap ketganda, ko‘pchilik yashirincha dunyoda o‘z ustunligini isbotlashga tayyorlanayotgan gumanoid mashinani tasavvur qiladi. Ammo, aslida, sun’iy intellekt ma’lumotlarni tahlil qilish va bashorat qilish qobiliyatimizni kengaytira oladi, lekin hech qanday holatda odam o‘rnini bosmaydi. Chunki bugungi kundagi mavjud tizimlarni juda tor doiradagi sohalarda qo‘llash mumkin.
Toshkentda Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkentda Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi o‘tkazildi

“O‘zbektelekom” AK mezbonlik qilgan ushbu nufuzli tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, ASMHning to‘liq a’zolari – Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston aloqa ma’muriyatlari delegatsiyalari, shuningdek, One We, Iskratel Ltd, Huawei kabi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston va Turkiya: Agrar sohani sug’urtalash

O‘zbekiston va Turkiya: Agrar sohani sug’urtalash

Qishloq xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlari vakillari qatnashgan uchrashuvni o‘zbek tomoni yurtimizdagi agrar soha holati bilan mehmonlarni tanishtirishdan boshladi. Dastlab, Qishloq xo‘jaligining tarkibiy tuzilmasidan tortib, mamlakatimizning yer maydoni va demografik holati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari kabi muhim maʼlumotlarni Vazirlikning Statistik tahlil boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilari eʼtiboriga taqdim etdi.